“Chelsi” bugun Antonio Konteni bosh murabbiy sifatida e`lon qiladi

Бўлимлар: Futbol
Теглар: Futbol
Добавлено: 04.04.2016, 14:11

Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Antonio Konte bugun, 4 aprel kuni “Chelsi” bilan shartnoma imzolab, London klubining  yangi bosh murabbiyi sifatida tanishtiriladi, deb xabar beradi italiyalik jurnalist Januka Di Marsio.

Ma`lumotlarga ko`ra, Antonio Konte ayni damda Londonga tashrif buyurgan. Jurnalist Konteni “aristokratlar” bilan shartnoma imzolashini ma`lum qilmoqda.

Avvalroq Antonio Konte futbol bo`yicha Evro–2016 musobaqasidan so`ng Italiya termasini tark etishi haqida aytib o`tgandi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии