my5
Sevimli

Toshkentda polo bo`yicha "Mustaqillik kubogi-2021" musobaqasi o`tkaziladi

Sport 31.08.2021, 16:19
Теглар: polo, Mustaqillik kubogi 2021
Toshkentda polo bo`yicha "Mustaqillik kubogi-2021" musobaqasi o`tkaziladi

Toshkentda polo bo`yicha "Mustaqillik kubogi 2021" musobaqasi o`tkaziladi.

O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligiga bag`ishlab tashkil etilayotgan mazkur tadbir 3-5-sentyabr kunlari “Paxtakor” stadionining zaxira maydonida bo`lib o`tadi, deya xabar bermoqda Turizm va sporto vazirligi. Ma`lum bo`lishicha, tadbir doirasida bundan tashqari Qorabayir zotining birinchi milliy festivali ham o`tkaziladi.

Kuni kecha Toshkent Xalqaro Vestminster universitetida mazkur musobaqa  oldidan o`tkazilgan matbuot anjumanida “Mustaqillik kubogi-2021” turniriga qur`a tashlangan. Unda 8ta jamoa g`oliblik uchun kurash olib boradigan bo`lgan. Bular:

1. “O`zbekiston temir yo`llari” AJ polo klubi (Qashqadaryo),

2. “Mega sport” polo klubi,

3. “Jaloliddin” polo klubi,

4. “Milliy gvardiya” polo klubi,

5. “Universal Jamping” polo klubi,

6. “NEST ONE  Qorabayir” milliy brendi” polo klubi,

7. “Chegarachilar” polo klubi,

8. “Buxoro” polo klubi.

Шарҳлар