AsosiySport

Zamonaviy beshkurash Federasiyasi raisiga yangi o`rinbosar tayinlandi

'Zamonaviy beshkurash Federasiyasi raisiga yangi o`rinbosar tayinlandi'ning rasmi

Farrux Fazliev O`zbekiston Zamonaviy beshkurash Federasiyasi Raisi o`rinbosari etib tayinlandi.

Farrux Faxriddinovich Fazliev 06.06.1980 yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug`ilgan. 1997 yili  Samarqand davlat tibbiyot institutini tamomlagan. 2009 yili Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tugatgan.

2021 yilning 1 aprelidan O`zbekiston Respublikasi O`rmon xo`jaligi davlat qo`mitasi Milliy tabiat bog`lari va ovchilik xo`jaliklar boshqarmasi boshlig`i lavozimiga ishlab kelmoqda.

 

O`zbekiston Zamonaviy beshkurash Federasiyasi Farrux Fazlievni Federasiya raisi o`rinbosari lavozimiga tayinlanganligi bilan qutlaydi. Ishonchimiz komilki, sizning professional tajribangiz, kuch-quvvatingiz, boshqaruv iste`dodingiz va tashkilotchilik qobiliyatingiz ushbu yuksak va mas`uliyatli lavozimda muhim yutuqlarga erishishga imkon beradi.

    Boshqa yangiliklar