my5
Sevimli

Buxorodagi jinoyatchi ayol 15 yil deganda qo`lga tushdi

Jinoyat 02.09.2021, 13:11
Buxorodagi jinoyatchi ayol 15 yil deganda qo`lga tushdi

 Buxoro tumani Gala Osiyo shahri Oybek ko`chasi 12-uyda ro`yxatda turuvchi, 1977 yilda tug`ilgan R.S. ismli ayol Jinoyat Kodeksining 135-moddasi 3-qismida ko`rsatilgan jinoyatni sodir qilib, tergov organlaridan yashirinib yurganligi uchun viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan 2006 yilda qidiruv e`lon qilingan.

Jinoyatchi ayolni ushlash yuzasidan olib borilgan tadbirlar davomida, 15 yildan so`ng uning O`zbekistonga kelishi ta`minlanib, Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan qo`lga olinib, jazoning muqarrarligi ta`minlangan.

Шарҳлар