Para atletikaning F35 klassida erkaklar o`rtasida yadro uloqtirish bo`yicha final bahslarida ishtirok etgan hamyurtimiz Husniddin Norbekov 16.13 metr natija bilan oltin medalni qo`lga kiritdi.
Ushbu g`alabadan so`ng O`zbekiston delegasiyasi hisobidagi medallar soni 16 taga etdi: 6 ta oltin, 4 ta kumush va 6 ta bronza.