my5
Sevimli

Qozon 2021: O`zbekistonlik 5 bokschi yarim finalga yo`l oldi (foto)

Sport 02.09.2021, 22:24
Теглар: Turizm va sport vazirligi
Qozon 2021: O`zbekistonlik 5 bokschi yarim finalga yo`l oldi (foto)

Tatariston Respublikasining Qozon shahrida bo`lib o`tayotgan Birinchi MDH o`yinlarining boks bellashuvlarida o`zbekistonlik 5 nafar bokschi chorak finalda raqiblarini mag`lub etib yarim finalga yo`l olishdi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi "Darakchi.uz"ga xabar berdi. 

Xabarga ko`ra:

  • Javohir Kuysinov armanistonlik raqibi D.Safaryanni 5:0 hisobida;
  • Sayat Ilyasov armanistonlik raqibi K.Chapayanni 5:0 hisobida;
  • Farruh To`laganov Ozarboyjon vakili M. Gasimzadeni 3:2 hisobida;
  • Bunyodjon Amirov belaruslik M.Juravlyovni 4:1 hisobida;
  • Zafarbek Shaxbozov Rossiya vakili Denis Bogomolovni 3:2 hisobida mag`lub etdi.

Afsuski, 52 kg vazn toifasida Mehroj Istamtoshev armanistonlik raqibi A.Xachataryanga 0:5 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bundan tashqari Azizbek Buriboev rossiyalik raqibiga mag`lub bo`ldi, hisob 5:0.

Temurbek Abdulvahobov qozog`istonlik raqibiga 5:0 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Abdulaziz Abduraxmanov armanistonlik raqibi D.Simonyanga qarshi ringga chiqdi va 2:3 hisobida mag`lub bo`ldi.  

Shunday qilib, bugun, 2 sentyabr kuni 5 nafar o`zbekistonlik bokschi yarim final jangida ishtirok etadigan bo`ldi.

Шарҳлар

MOQ vakillari “Jismoniy tarbiya va sport a`lochisi” ko`krak nishonlari bilan taqdirlanishdi

13.11.2021, 15:30

O`zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirining buyrug`iga binoan mamlakatimizda yosh avlodning intellektual va ma`naviy salohiyatini yuksaltirish, jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi, ayniqsa, yoshlar o`rtasida...
Og`ir atletika bo`yicha Jahon chempionatida o`zbekistonlik qiz biryo`la ikkita medalga sazovor bo`ldi

08.10.2021, 15:54

"Saudiya Arabistonining Jidda shahrida bo`lib o`tayotgan og`ir atletika bo`yicha o`smirlar o`rtasidagi Jahon chempionatining kechagi bahslari vakillarimiz uchun muvaffaqiyatli kechdi",–deya xabar bermoqda Turizm va sport vazirligi. Qizlar...
Toshkentdagi Abdulla Qodiriy muzeyida adib xotirasiga bag`ishlangan tadbirlar boshlandi

05.10.2021, 11:22

Kecha, 4 oktyabr kuni Abdulla Qodiriy nomidagi memorial muzeyda “Abdulla Qodiriy – O`zbek adabiyoti xazinasidan” mavzusidagi ma`naviy-ma`rifiy tadbir bo`lib o`tdi. Bu haqda Turizm va sport...
Futbol: O`zbekiston milliy terma jamoasi yig`iniga kimlar jalb etildi?

01.10.2021, 16:04

Oktyabr oyidagi FIFA kunlari doirasida O`zbekiston milliy terma jamoasi Malayziya va Iordaniyaga qarshi o`rtoqlik o`yinlarida ishtirok etadi. Terma jamoa bosh murabbiyi Srechko Katanes mazkur o`yinlar...