Turizm va sport vazirligining xabariga ko`ra, Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o`yinlarining para kanoe bo`yicha KL2 klassida erkaklar o`rtasida 200 metr masofaga o`tkazilgan final bahslari yakunlandi.
Medallar uchun kechgan poygada O`zbekistonlik Azizbek Abdulhabibov 43.584 soniya vaqt bilan marraga 8 o`rinda etib kelgan.
Ma`lumotlarga ko`ra, u yarim finalda 43.409 soniya natija qayd etgan.
Shu tariqa ushbu sportchi bugun 3 sentyabr kuni Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o`yinlaridagi ishtirokini yakunladi.
Bu yo`nalishda sovrinli o`rinlarni mos ravishda Avstraliya, Ukraina va Italiya vakillari qo`lga kiritishgan.