my5
Sevimli

O`zbekistonda 150 ga yaqin buyrak transplantasiyasi muvaffaqiyatli amalga oshirilgan

Salomatlik 03.09.2021, 16:55
Теглар: buyrak
O`zbekistonda 150 ga yaqin buyrak transplantasiyasi muvaffaqiyatli amalga oshirilgan

Ma`lumki, bugungi kunda inson organi transplantasiyasi — bemorlarning o`limiga yoki chuqur nogironligiga olib keladigan, inson organizmining deyarli barcha a`zolari va tizimlariga ta`sir etuvchi bir qator keng tarqalgan jiddiy kasalliklarni to`liq davolashning yagona usuli hisoblanadi

Dunyoda har yili 136 mingdan ortiq organ transplantasiyasi amalga oshiriladi. Ammo har yili operasiyalarga qaraganda 40 foizdan ko`proq bemorlar organ transplantasiyasiga navbatda turadi, bu esa bunday bemorlarni davolash uchun donorlarga doimiy ehtiyoj borligidan dalolat beradi.

Ayni damda ushbu transplantasiya faoliyati O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 23 oktyabrda “Yaqin qarindoshlar orasida buyrak va (yoki) jigar bo`lagini transplantasiya qilish tartibi to`g`risidagi Vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida”gi 859-sonli qarori bilan tartibga solingan.

—  Markazimizda xorijiy klinikalar yutuqlari sinchkovlik bilan o`rganilgach, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 23 oktyabrdagi qarori ijrosini ta`minlash maqsadida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida 2018 yil “Xirurgik transplantologiya” bo`limi tashkil etildi, — deydi RShTYoIM bo`lim rahbari, tibbiyot fanlari doktori, professor Farhod Xadjibaev. 

— Turkiyalik hamkasblarimiz bilan birgalikda 2018 yilning 7 aprelida markazimizda birinchi buyrak transplantasiyasi amalga oshirilgan. Hozirda bunday jarrohlik amaliyotlari ilmiy markazning yosh iste`dodli jarrohlari tomonidan bajarilib kelinmoqda va shu kunga qadar 150 ga yaqin bemorlarda tirik qarindoshlar orasida buyrak transplantasiyasi muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

Ma`lumotlarga qaraganda, yurtimizda 3000 nafardan ortiq bemor dasturiy gemodializga muhtoj. Surunkali buyrak etishmovchiligining so`nggi bosqichida bo`lgan har bir bemor haftasiga kamida 2 marta gemodializ seansini oladi.

Шарҳлар