my5
Sevimli

"Fuqaro va YPX xodimi o`rtasida janjal" sarlavhasi ostida tarqalgan video yuzasidan qo`shimcha ma`lumot berildi

Jamiyat 03.09.2021, 17:14
Теглар: janjal, ypx xodimi
"Fuqaro va YPX xodimi o`rtasida janjal" sarlavhasi ostida tarqalgan video yuzasidan qo`shimcha ma`lumot berildi

Ijtimoiy tarmoqda "Fuqaro va YPX xodimi o`rtasida janjal" sarlavhasi ostida tarqalgan video yuzasidan Andijon viloyati IIB YHXB mas`ul xodimi tomonidan xizmat tekshiruvi o`tkazilayotganligi haqida ma`lumot berilgan edi.

Tekshiruv xulosasiga ko`ra, fuqaro T.F. haydovchilik huquqidan mahrum etilgan bo`lsada "Neksiya-3" rusumli avtomobilni boshqarganligi hamda fuqaro M.M. mazkur avtomobilni unga boshqarishga topshirganligi bo`yicha rasmiylashtirilgan ma`muriy bayonnoma asosli deb topildi, deya xabar bermoqda YHXBB.

Andijon viloyati IIB YHXB YPX xodimi D.Qo`shboev xizmati davomida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 975-son qarori bilan tasdiqlangan "Yo`l-patrul xizmati xodimlarining yo`l harakati qatnashchilari bilan o`zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to`g`risidagi Nizom" hamda Ichki ishlar vazirining me`yoriy buyrug`i talablarini buzganligi, shuningdek, O`zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish bo`yicha respublika maxsus komissiyasining qarori talablariga zid ravishda, jamoat joyida tibbiy niqob taqmaganligi uchun  "Tanbeh" intizomiy jazosi qo`llanilishi belgilangan.

Шарҳлар

Qashqadaryoda maktab qizlari o`rtasida katta janjal yuz berdi. Viloyat IIBning aytishicha...

17.10.2021, 18:48

Qashqadaryoda maktab qizlari o`rtasida katta janjal kelib chiqdi.Viloyat IIB holat yuzasidan ma`lumot berdi.Qayd etilishicha, ularning o`rtasida avvaldan nizolar bo`lgan. Shu bois uch maktab - 2,...
YPX xodimini mashina "kapot"i ustida sudrab ketgan haydovchi qamoqqa olindi

28.09.2021, 10:40

Avvalroq Surxondaryoda "Lacetti" haydovchisi mashinasida YPX xodimini "sudrab" ketgani haqida yozgan edik. Unda o`zboshimcha haydovchining to`xtash ishorasiga amal qilmay, avtomashina "kapot"i ustiga YPX xodimini ortgan holatda...
Toshkentda YPX xodimlari haydovchiga nega "kuch ishlatdi"?

27.09.2021, 10:56

 Ijtimoiy tarmoqlarda YPX xodimlari Spark haydovchisiga kuch ishlatganligi bilan bog`liq xabar tarqaldi.Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi mazkur holat yuzasidan ma`lumot berdi.Qayd etilishicha, joriy yilning 19...
Samarqandda erining janjallaridan charchagan xotin uni 2 ta pichoq bilan o`ldirdi (video)

17.12.2019, 09:55

Samarqandda aroqxo`r er o`zining boshiga o`zi etdi. Bu haqda “Markaziy studiya”da voqea tafsilotlari berildi. Unga ko`ra, janjarllardan to`ygan xotin erini pichoqlab o`ldirgan. Bu galgi kamsitish va...