my5
Sevimli

Ravshan Ermatov CAFA hakamlar qo`mitasi raisi etib saylandi

Sport 03.09.2021, 20:00
Ravshan Ermatov CAFA hakamlar qo`mitasi raisi etib saylandi

O`zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov Markaziy Osiyo futbol konfederasiyasining (CAFA) hakamlar qo`mitasi raisi etib saylandi, deb yozadi O`FA matbuot xizmati.

Manbaga ko`ra, 2 sentyabr kuni bo`lib o`tgan qo`mitaning onlayn yig`ilishida mintaqaga a`zo mamlakatlar Eron, Qirg`iziston, Afg`oniston, Turkmaniston, Tojikiston va O`zbekiston mutaxassislari ishtirok etishdi. Konferensiyani Ravshan Ermatov va tashkilot bosh kotibi tojikistonlik Ulug`bek Karimov olib bordi hamda CAFA tomonidan mintaqada hakamlikni rivojlantirish, yangi bosqichga olib chiqish va musobaqalarda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish borasida fikrlari bilan o`rtoqlashdi. 

Yig`ilishda yaqin kelajakdagi yirik turnirlar — oktyabr oyidagi U18, noyabr oyidagi U15 chempionatlari, Markaziy Osiyo futbol konfederasiyasi tomonidan hakamlarga doimiy ravishda amaliy va nazariy kurslar tashkil etilishi, VAR tizimi ko`nikmalarini egallash bo`yicha mashg`ulotlar, FIFA va OFK dasturlari asosida o`quv-yig`inlarida ishtirok etishi, muntazam onlayn seminarlar o`tkazish masalalari muhokama qilindi.

Шарҳлар