AsosiySport

I MDH o`yinlari: O`zbekiston terma jamoasi musobaqaning ilk kunida 4 ta medal qo`lga kiritdi

'I MDH o`yinlari: O`zbekiston terma jamoasi musobaqaning ilk kunida 4 ta medal qo`lga kiritdi'ning rasmi

Xabaringiz bor, bugun Rossiya Federasiyasining Qozon shahrida I MDH o`yinlari rasman ochildi. Musobaqaning ilk kunida terma jamoamiz hozircha 4 ta medalga sazovor bo`ldi.

E`tiborlisi, shohsupaga ko`tarilgan barcha sportchilarimiz yunon-rum kurashi ustalaridir. Jumladan, Murodjon Alimjonov (-77 kg) va Muhammadqodir Rasulov (-82 kg) kumush medalga sazovor bo`ldi. Abror Otaboev (-63 kg), Jamol Jumaboev (-72 kg) bronza medalini qo`lga kiritdi.

Eslatib o`tamiz, kecha O`zbekiston delegasiyasining yana bir qismi Qozonga jo`nab ketgan edi.

    Boshqa yangiliklar