my5
Sevimli

Abdulaziz Kamilov Italiya Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Siyosat 04.09.2021, 13:47
Теглар: Abdulaziz Kamilov, Italiya Tashqi ishlar vaziri
Abdulaziz Kamilov Italiya Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

2021 yil 4 sentyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Italiya Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri Luiji Di Mayo bilan uchrashuv o`tkazdi, deya xabar bermoqda TIV.

Tomonlar turli darajalarda bo`lib o`tajak tadbirlar jadvali, shu jumladan, Toshkent shahrida o`tkazilishi rejalashtirilgan tashqi siyosat mahkamalari rahbarlari darajasida "Italiya – Markaziy Osiyo" ikkinchi vazirlar uchrashuvi yuzasidan fikr almashgan.

Mintaqaviy xavfsizlik masalalari, xususan, Afg`onistondagi vaziyat ko`rib chiqilgan. 

Abdulaziz Kamilov:  

 "O`zbekiston Italiya bilan Afg`oniston yo`nalishidagi aloqalarni, shuningdek, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta`minlash, Afg`onistonga insonparvarlik yuklarini etkazib berishda hamkorlikni davom ettirishga tayyor", deydi Abdulaziz Kamilov.

Muzokaralarda siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, ta`lim, turizm va boshqa sohalardagi O`zbekiston-Italiya hamkorligining dolzarb jihatlari muhokama qilingan.

Шарҳлар

Abdulaziz Kamilov vazirlar uchrashuvida ishtirok etish uchun Dushanbega boradi

21.11.2021, 17:47

2021-yilning 22-noyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov “Evropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” shaklidagi navbatdagi vazirlar uchrashuvida ishtirok etish uchun Dushanbe shahriga tashrif...
Abdulaziz Kamilov Saudiya Arabistonning O`zbekistondagi elchisini qabul qildi

02.11.2021, 17:42

2021-yilning 2-noyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Saudiya Arabistoni Podshohligining mamlakatimizga Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Yusuf al-Utaybiyni qabul qildi. Bu...
Abdulaziz Kamilov Hindiston Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

12.10.2021, 10:10

2021 yil 11 oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Nur-Sulton shahrida  bo`lib o`tayotgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo`yicha Kengash vazirlar uchrashuvi...
Abdulaziz Kamilov Latviya tashqi ishlar vaziri bilan Afg`onistondagi vaziyat yuzasidan muloqot qildi

27.08.2021, 17:21

Bugun 27 avgust kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Latviya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Edgar Rinkevichs bilan telefon orqali muloqot qildi.Suhbat chog`ida O`zbekiston-Latviya...