my5
Sevimli

O`zbekiston delegasiyasining ikkinchi tarkibi Qozon shahriga etib keldi

Sport 04.09.2021, 15:17
Теглар: Qozon, erkin kurash
O`zbekiston delegasiyasining ikkinchi tarkibi Qozon shahriga etib keldi

O`zbekiston delegasiyasining ikkinchi tarkibi Qozonga etib keldi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi xabar bermoqda.

Delegasiya tarkibida tashrif buyurgan sportchilar “Qozon 2021” Birinchi MDH o`yinlarida ishtirok etadi.  

Ta`kidlanishicha, birinchi delegasiya 31-avgust kuni Tataristonga etib borgan bo`lib, ayni damda dastlabki bellashuvlarda ishtirok etmoqda.  

4 sentabr holatiga ko`ra, Birinchi MDH o`yinlarida O`zbekiston yunon-rum kurashi bo`yicha 2 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo`lga kiritib, umumjamoa hisobida 5-o`rinni egallab turibdi.  

Ayni damda MDH davlatlari o`yinlarida erkin kurash bahslari bo`lib o`tmoqda.

Shuningdek bugun kechqurun “Qozon 2021” musobaqalarining rasmiy ochilish marosimi o`tkazilishi kutilayotgani aytilmoqda.

Шарҳлар