my5
Sevimli

Qashqadaryolik bobo uy masalasida janjallashib, o`z nabirasini pichoqlab qo`ydi

Jinoyat 05.09.2021, 13:01
Qashqadaryolik bobo uy masalasida janjallashib, o`z nabirasini pichoqlab qo`ydi

2021 yil 29 avgust kuni soat 22:00larda, Qarshi tumani «Paxtazor» mahallasida yashovchi nafaqaxo`r T.O. nabirasi O.G`. bilan uy-joy masalasida janjallashib qolib, bobo nabirasini chap tomon qorin old sohasiga bir marotaba pichoq sanchib tan jarohati etkazgan. Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma`lum bo`lishicha, G`.Olimov tan jarohati olib shifoxonaga tushgan. Mazkur holat yuzasidan Qarshi IIB TB tomonidan ishi qo`zg`atildi.

Шарҳлар