my5
Sevimli

Xovos tumanida haydovchi piyodani urib yuborib voqea joyidan qochib ketdi

Jinoyat 05.09.2021, 15:48
Xovos tumanida haydovchi piyodani urib yuborib voqea joyidan qochib ketdi

2021 yil 3 sentyabr kuni soat 00:10 larda Xovos tumani “Sohibkor” mahallasi hududidan o`tuvchi A-376 avtomobil yo`lining 205 km «Qo`qon-Jizzax» yo`nalishida harakatlanib ketayotgan kulrang “Nexia-2” rusumli avtomashina, Xovos tumani “Sohibkor” mahallasi hududida joylashgan karer ishchisini avtoulovning oldi qismi bilan urib yuborib YTH sodir etgan hamda voqea joyidan qochib ketib yashiringan. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma`lum bo`lishicha, piyoda olgan tan jarohatlarining og`irligidan voqea joyida vafot etgan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv-surishtiruv davomida ushbu yo`l-transport hodisasini sodir etgan haydovchi ushlandi.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Шарҳлар