my5
Sevimli

Toshkentda qilichbozlik bo`yicha xalqaro konferensiya ish boshladi

Sport 05.09.2021, 18:35
Теглар: qilichbozlik
Toshkentda qilichbozlik bo`yicha xalqaro konferensiya ish boshladi

Bugun poytaxtimizda qilichbozlik bo`yicha Osiyo, Pan Amerika va Afrika konfederasiyalarining hamkorlikdagi konferensiyasi bo`lib o`tmoqda. Unda har uch mintaqa konfederasiyalarining rahbariyati, unga a`zo 30 dan ortiq milliy federasiyalar vakillari ishtirok etishmoqda. Bu haqda MOQ xabar bermoqda.

Konferensiyaning mavzusi “Osiyo va boshqa qit`alarda qilichbozlikni rivojlantirishning innovasion uslublari” bo`lib, unda so`nggi davr, ayniqsa, koronavirus pandemiyasi paytida rivojlanishning yangi metodologiyasi bo`yicha qimmatli ma`lumotlar almashinmoqda. Bugungi tadbirni O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi va O`zbekiston qilichbozlik federasiyasi raisi Rustam Shoabdurahmonov ochib berdi. Qo`mita rahbari so`z o`rnida Prezidentimiz tomonidan mamlakatimizda sportni rivojlantirishga qaratilayotgan e`tibor, buning samarasida barcha turlar qatori qilichbozlikning rivojlanib borayotgani xususida alohida to`xtalib o`tdi.

Shundan so`ng Pan Amerika qilichbozlik konfederasiyasi prezidenti Vitaliy Logvin, Afrika qilichbozlik konfederasiyasi prezidenti Embannik Ndie, Osiyo qilichbozlik konfederasiyasi prezidenti vazifasini bajaruvchi Rusni Abu Hasan, shuningdek, ushbu tashkilotlarning bir qator mutasaddilari o`z taqdimotlarini namoyish qilishdi. Unda so`z olgan spikerlar qilichbozlik sportini rivojlantirish, buning uchun joylarda olib borilayotgan loyihalar, yo`lga qo`yilgan seminar va o`quv-kurslari, kelgusidagi loyihalar xususida ma`lumot berishdi.

“Qilichbozlik sportining yanada rivojlanishi uchun yo`l ochayotgan O`zbekiston hukumatiga o`z minnatdorchiligimni bildirib o`tmoqchiman. Aprel oyida epidemiologik vaziyat murakkab bo`lib turganda aynan bu davlat tashabbus bilan Osiyo mintaqasi uchun o`tgan Tokio-2020 lisenzion musobaqasini qabul qildi. Bularning barchasi janob Prezident Mirziyoevning e`tiborlari qanday ekanini ko`rsatib turibdi. O`z navbatida, o`zbek qilichbozlarining ham xalqaro maydondagi natijalari tobora o`sib bormoqda”, – dedi Vitaliy Logvin.

Tadbir davomida O`zbekiston qilichbozlik federasiyasi bosh kotibi Gulnora Saidova Toshkentda ochiladigan murabbiylarni o`qituvchi xalqaro akademiya faoliyati haqida ma`ruza qildi.

Шарҳлар

Toshkent yana bir nufuzli musobaqaga mezbonlik qiladi

22.04.2021, 08:39

25-26 aprel kunlari Toshkent yana bir nufuzli musobaqani qabul qiladi. Bu haqda  Turizm va sport vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda. Shu kunlari poytaxtimizda qilichbozlik bo`yicha Tokio-2020...