my5
Sevimli

Yangihayotda qariyb 118 million so`mlik dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritganlar aniqlandi

Jinoyat 06.09.2021, 11:28
Теглар: Dori, Yangihayot
Yangihayotda  qariyb 118 million so`mlik dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritganlar aniqlandi

Yangihayot tumanida dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi. 

Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

 Yangihayot tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, “B” MChJ ta`sischisi S.I. pandemiya sharoitida talab yuqori bo`lgan dori vositalarini dorixonalardan tashqarida sotib daromad orttirishni ko`zlab, xaridorga “Favilok, Favipravir tablets 200 mg” dori vositasini har bir qutisini 450 ming so`mdan hisoblab, jami 264 qutisini 118,8 mln so`mga sotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizasiya qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilayotgani aytilmoqda.

Шарҳлар

“Chinor” YPX maskanida noqonuniy dori vositalari aylanmasiga chek qo`yildi

20.11.2021, 21:29

Joriy yilning 18 noyabr kuni soat 10:00 larda, Toshkent viloyati, Ohangaron tumanida joylashgan “Chinor” YPX maskanida xizmat olib borayotgan YPX xodimi R.Imomaliev tomonidan “Isuzu” rusumli...
Jizzaхda 140 million so`mlik dorilarni noqonuniy sotganlar qo`lga olindi

17.09.2021, 12:45

Jizzaхda 140 million so`mlik dorilarni noqonuniy sotganlar qo`lga olindi.Bosh prokuratura huzuridagi Departament bu haqda ma`lumot berdi.Jizzax viloyat boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro R.F. pandemiya...
"Navbat bechora dehqonlarga keldimi deyman..." Yangihayotda sodir bo`lgan holat bo`yicha IIB munosabat bildirdi

12.08.2021, 11:22

Internet tarmog`ida tarvuz va qovun sotuvchisining qo`lga olinishi tushirilgan «Navbat bechora dehqonlarga keldimi deyman» sarlavhali video tarqaldi. Mazkur fakt bo`yicha Toshkent shahar IIB quyidagilarni ma`lum...
Yangihayot tumanida oilaviy yotoqxonadan xonadon olib bermoqchi bo`lgan firibgar ushlandi

10.04.2021, 13:44

  Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro E.K. tumandagi “Kommunal ta`mirlash-avariyani tiklash xizmati” MChJ nazoratchisi S.X. bilan oldindan til...