sevimli
Sevimli

Tajribali tibbiyot xodimlari Germaniyaga ishga taklif etilmoqda

Jamiyat 06.09.2021, 11:43
Теглар: Germaniya
Tajribali tibbiyot xodimlari Germaniyaga ishga taklif etilmoqda

 Shveysariyaning “Globogate Recruiting GmbH” tashkiloti o`rtasidagi hamkorlik kelishuviga asosan tajribali tibbiyot xodimlari Germaniya tibbiyot muassasalariga ishga taklif qilinmoqda. 

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi bu haqda xabar berdi.

Unga ko`ra nomzodlar uchun quyidagi talablar qo`yilmoqda:

  • 39 yoshdan oshmagan bo`lishi;
  •  tibbiyot sohasida 2 yillik doimiy ish tajribasiga ega bo`lishi;
  •  tibbiyot kolleji/texnikumini (3 yillik) tamomlagan bo`lishi (bakalavr diplomi yuqori baholanadi);
  • bemorlarga g`amxo`rlik qilish qobiliyatiga ega bo`lishi;
  • Toshkent shahrida tashkil etiladigan nemis tili kurslarida 10 oy davomida ishtirok etishi;
  • nomzodlar nemis tili kurslarida qatnashayotgan vaqtda mehnat faoliyati bilan shug`ullanmasligi;
  • Toshkent shahridagi Gyote instituti imtihonlaridan muvaffaqiyatli o`tishi.

Eslatib o`tamiz, o`quv dasturini tamomlagan nomzodlar ish beruvchi tomonidan tanlanadi. Biroq, dasturni muvaffaqiyatli tamomlagan va ish beruvchining tanlovidan o`tgan nomzodlarning chet elda ishga joylashishi Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi tomonidan kafolatlanmaydi.

Nomzodlar o`z ma`lumotnomalarini (tarjimai hol) info@migration.uz elektron manziliga yuborishlari so`ralmoqda.  

Murojaat uchun: 71-202-33-55 (ichki raqamlar 77, 88) yoki 1282 qisqa raqami.

Шарҳлар

Germaniyada ishlash uchun bo`sh ish o`rinlari e`lon qilindi

08.01.2022, 14:24

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi hamda Shveysariyaning “Globogate Recruiting GmbH” tashkiloti o`rtasidagi hamkorlik kelishuviga asosan tajribali o`rta bo`g`in tibbiyot hamshiralarini Germaniya tibbiyot muassasalariga ishga jalb qilish...
Germaniyada ishlash istagida bo`lgan fuqarolar diqqatiga muhim ma`lumot e`lon qilindi

05.01.2022, 22:43

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi hamda Shveysariyaning “Globogate Recruiting GmbH” tashkiloti o`rtasidagi hamkorlik kelishuviga asosan tajribali tibbiyot xodimlarini Germaniya tibbiyot muassasalariga ishga jalb qilish dasturi ishlab...
Germaniyada ham "engil lokdaun" joriy etiladi

20.12.2021, 23:42

Germaniya hukumati "omikron" shtammi tarqalishi tufayli 28 dekabrdan cheklovlar joriy etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Bild xabar berdi. Qayd etilishicha, mamlakat kansleri Olaf Shols yangi cheklovlarni joriy...
Germaniya tibbiyot muassasalarida ishlamoqchi bo`lganlar uchun muhim yangilik e`lon qilindi

02.12.2021, 21:02

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi hamda Shveysariyaning “Globogate Recruiting GmbH” tashkiloti o`rtasidagi hamkorlik kelishuviga asosan tajribali tibbiyot xodimlarini Germaniya tibbiyot muassasalariga ishga jalb qilish dasturi ishlab...