my5
Sevimli

Marg`ilonda fuqaroni deportasiya qilinganligi holatini bazadan chiqarib berishni va`da qilgan firibgar ushlandi

Jinoyat 06.09.2021, 12:59
Marg`ilonda fuqaroni deportasiya qilinganligi holatini bazadan chiqarib berishni va`da qilgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Marg`ilon shahar bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro B.I. boshqa bir fuqaroning Rossiya Federasiyasidan deportasiya qilinganligi holatini elektron bazadan chiqartirib berish evaziga firibgarlik yo`li bilan 900 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Шарҳлар