my5
Sevimli

Buxoroda «kannabis» o`simligini qonunga xilof ravishda etishtirayotgan shaxs aniqlandi

Jinoyat 06.09.2021, 13:43
Buxoroda «kannabis» o`simligini qonunga xilof ravishda etishtirayotgan shaxs aniqlandi

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi JQB xodimlari tomonidan o`tkazilgan “Qoradori 2021” tadbiri davomida, olingan tezkor ma`lumotlar asosida M.Narshaxiy ko`chasida yashovchi, 1974 yilda tug`ilgan Q.O`.ning yashash uyi ko`zdan kechirilganda, tomorqa erida sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko`ra tarkibida giyohvandlik moddasi bo`lgan bir tup «kannabis» o`simligini qonunga xilof ravishda ekib, parvarishlab kelayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan shahar IIOFMB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Q.O`.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JK. ning 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Шарҳлар