my5
Sevimli

O`zbekiston elchisi Gruziya Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

Siyosat 06.09.2021, 20:34
O`zbekiston elchisi Gruziya Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

O`zbekistonning Gruziyadagi elchisi (qarorgohi - Boku shahrida) Bahrom Ashrafxonov Gruziya Prezidenti Salome Zurabishviliga ishonch yorliqlarini topshirdi, deya xabar qilmoqda Tashqi ishlar vazirligining Matbuot xizmati.

TIV ma`lumotiga ko`ra, suhbat chog`ida Gruziya Prezidenti Salome Zurabishvili O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevga eng yaxshi tilaklari va niyatlarini etkazishni so`radi.

O`zbekistonning yangi elchisi 52 yoshda. Toshkent politexnika instituti (1990), Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (1993) va Kentukki universiteti (AQSh, 1994) bitiruvchisi. 2016-2018 yillarda O`zbekistonning Rossiyadagi elchisi bo`lgan.

Eslatib o`tamiz, Bahrom Ashrafxonov 2020 yil aprel oyida O`zbekistonning Ozarbayjondagi elchisi sifatida ham akkreditasiyadan o`tgan.

Шарҳлар