Tokio-2020 Paralimpiya o`yinlari ishtirokchilari “Yangi O`zbekiston” bog`iga etib borishdi. Sportchilarni “Yangi O`zbekiston” bog`ida yuzlab fuqarolar katta quvonch bilan kutib olishdi. Chempionlar va sovrindorlarga sovg`alar topshirilmoqda.
Paralimpiya o`yinlarida oltin medal olgan 8 nafar sportchilarga 200 ming AQSh dollari, 3 xonali uy va Tahoe avtomobili topshirildi.
Paralimpiya o`yinlarida kumush medal olgan 5 nafar sportchilarga 100 ming AQSh dollari, 2 xonali uy va Traverse avtomobili topshirildi.
Paralimpiada-2020: Bronza medal sohiblariga "Chevrolet Traiblazer" avtomobili kaliti va shahar markazidan 1 xonali uy sertifikati hamda kaliti, $ 50 ming mukofot puli berildi.
Tadbir jarayonlari davom etmoqda.