Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bog`ot tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “A” MChJ menejeri I.M., Qozog`iston Respublikasi universitetining 2-kurs talabasi M.ning ishonchiga kirib, uning o`qishini Qoraqalpoq davlat universitetiga ko`chirishda amaliy yordam berishini aytib, evaziga 1 500 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganligi aniqlanib, tekshiruv davomida I.M. talabadan olgan pullari hisobidan 1 100 AQSh dollarini qaytarganligi prosessual tartibda rasmiylashtirilgan. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.