my5
Sevimli

Toshkentda maktab o`quvchilari janjallashdi(mi)? IIBB holatga izoh berdi

Jinoyat 07.09.2021, 18:53
Теглар: Toshkent shahar IIBB
Toshkentda maktab o`quvchilari janjallashdi(mi)? IIBB holatga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida maktab o`quvchilari o`rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo`lganligi haqidagi xabar ostida voyaga etmaganlar ishtirokidagi janjal aks etgan video tarqaldi. Mazkur videotasvir yuzasidan Toshkent shahar IIBB ma`lumot berdi.

Xabarda aytilishicha, videoda aks etgan holat “Maktab” nomli serialni suratga olish jarayonidagi holat bo`lib, avgust oyining oxirlarida Mirzo Ulug`bek tumanida tasvirga olingan. Senariy bo`yicha maktab o`quvchilari o`rtasidagi janjal vaqtida o`quvchilardan birining ukasi himoya qilishi kerak bo`lgan kadr aks etgan. Serialni suratga olishga jalb etilgan aktyorlardan biri ushbu jarayonni o`zining telefoniga tasvirga olib, internet tarmog`ida joylashtirgan.

"Hurmatli fuqarolar! Sizlardan tekshirilmagan ma`lumotlarni tarqatmasligingizni, o`z sahifangizda obunachilarni yoki ko`rish hajmini ko`paytirish maqsadida shov-shuv uyg`otuvchi videolar ostida yolg`on xabarlarni yozmasliklaringizni so`raymiz",–deyiladi IIBB axborotida.

Шарҳлар

Ertaga poytaxtda ayrim ko`chalar vaqtincha yopiladi

27.11.2021, 22:24

Ertaga, 28-noyabr kuni o`tkazilayotgan “Salomatlik sari 5000 qadam” yarim marafon munosabati bilan vaqtincha soat 08.00 dan 14.00 gacha quyidagi ko`chalarda transport vositalarining harakati cheklanadi. Bu...
Toshkentda IIO xodimlarini haqoratlagan avtobloger hibsga olindi

01.10.2021, 17:43

Ijtimoiy tarmoqlarda blogerlik bilan shug`ullanuvchi Bobur G`aniev Uchtepa tumani IIO FMB xodimlari tomonidan ushlanganligi haqidagi xabarlar tarqalmoqda. Mazkur xabar yuzasidan  Toshkent shahar IIBB quyidagilarni ma`lum...
Toshkentda bolalarga noqonuniy diniy ta`lim bergan 42 yoshli fuqaro jarimaga tortildi

05.09.2021, 18:19

Chilonzor tumanida olib borilgan profilaktik tadbir davomida aniqlanishicha, muqaddam sudlangan 42 yoshli Abdurahim V. o`z uyida 3 oy davomida tegishli ruxsasiz bolalar uchun diniy adabiyotdan...
Toshkentda imkoniyati cheklangan qiz bilan janjallashgan yigit qochib ketdi. IIBB qidiruv e`lon qildi

22.08.2021, 15:35

Avvalroq, Chilonzor tumanida imkoniyati cheklangan yigit va qiz o`rtasidagi janjal yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazilayotganligi haqida xabar bergan edik. Hozirda mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO...