AsosiySiyosat

Tashqi ishlar vaziri o`rinbosari Misr elchisi bilan uchrashdi

'Tashqi ishlar vaziri o`rinbosari Misr elchisi bilan uchrashdi'ning rasmi

Bugun, 7 sentyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o`rinbosari Furqat Sidiqov Misr Arab Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Amira Faxmiy bilan uchrashuv o`tkazdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirigining Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Xabarga ko`ra, suhbat chog`ida ko`p qirrali O`zbekiston-Misr hamkorligining dolzarb masalalari, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar doirasidagi o`zaro munosabatlar muhokama qilindi.

Savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, sayyohlik, ta`lim, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda qo`shma loyihalarni amalga oshirish zarurligi ta`kidlandi.

Xususan, ikki mamlakat oliy o`quv yurtlari o`rtasidagi hamkorlikning holati va istiqbollari muhokama qilindi.

    Boshqa yangiliklar