AsosiySport

Boks bo`yicha harbiylar o`rtasidagi jahon chempionatida qatnashadiganlar tarkibi e`lon qilindi

'Boks bo`yicha harbiylar o`rtasidagi jahon chempionatida qatnashadiganlar tarkibi e`lon qilindi'ning rasmi

Joriy yilning 18-25 sentyabr kunlari Rossiyada harbiylar o`rtasida boks bo`yicha navbatdagi jahon chempionati o`tkaziladi.

O`zbekiston boks federasiyasi matbuot xizmati xabariga ko`ra, bugun boks bo`yicha mamlakat terma jamoasi murabbiylar kengashi ushbu nufuzli musobaqada O`zbekiston  sharafini himoya qiladigan tarkibni e`lon qildi.  Markaziy harbiy sport klubining boks bo`yicha murabbiyi Uyg`un Siddiqovning ma`lumotida keltirilishicha, Abdumajid Mannopov, Foziljon Abdumurodov, Samandar Xolmurodov, Shunqor Abdurasulov, Mujibillo Tursunov, Bilol Mirzarahimov, Nurislom Ismoilov, Shohrux Rustamov, Javohir Tog`aymurodov va Laziz Mullajonov erkaklar o`rtasidagi musobaqalarda g`oliblik uchun jang olib boradi.

Ayollar o`rtasidagi bahslarda Aziza Yoqubova, Sitora Turdibekova, Rayhona Qodirova, Navbahor Hamidova va Mavluda Mavlonova o`z vaznlarida jahon chempionligi uchun Moskva ringlaridagi janglarda qatnashadi.

Boshqa yangiliklar