Bugun, 8 sentyabr kuni O`zbekiston “Adolat” sosial-demokratik partiyasining navbatdagi Qurultoyi o`tkazildi. Unda “Adolat” sosial-demokratik partiyasidan O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga Bahrom Abdurahimovich Abduhalimovning nomzodi bir ovozdan ma`qullandi. Bu haqda Partiya Axborot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, Qurultoyda partiyadan prezidentlikka nomzod sifatida ko`rsatilgan partiya siyosiy Kengashi raisi Bahrom Abduhalimov nomzodi hududiy partiya tashkilotlaridan saylangan 266 nafar delegat tomonidan ma`qullangan.