AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev Tojikiston xalqini mustaqillikning 30 yilligi bilan tabrikladi

'Shavkat Mirziyoev Tojikiston xalqini mustaqillikning 30 yilligi bilan tabrikladi'ning rasmi

8 sentyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqoti bo`lib o`tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlatimiz rahbari birodar Tojikiston Prezidenti va xalqini mustaqillikka erishilganining 30 yilligi bilan samimiy muborakbod etib, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik, katta muvaffaqiyatlar va ravnaq tilaklarini izhor etdi.

O`zbekiston va Tojikiston o`rtasidagi ko`p qirrali hamkorlikni, eng avvalo savdo-iqtisodiy sohadagi sheriklikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Prezidentlar joriy yilning 16-17 sentyabr kunlari Dushanbe shahrida o`tkaziladigan Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisi tadbirlariga tayyorgarlikning borishini ko`rib chiqdilar, shuningdek, Afg`onistonda vujudga kelayotgan vaziyat yuzasidan fikr almashdilar.

ShHTning bo`lajak sammiti doirasida etakchilar ikki tomonlama va mintaqa kun tartibidagi masalalar yuzasidan alohida uchrashuv o`tkazishi yuzasidan kelishuvga erishildi.

    Boshqa yangiliklar