2021 yil 8 sentyabr holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus qayd etilganlar soni 162421 (+653) nafarni tashkil etmoqda.
Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Ma`lum bo`lishicha, eng ko`p kasallik qayd etilganlar soni Toshkent shahriga to`g`ri kelgan.
Xususan, yangi kasallanish holatlarining 41 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
- 19 nafari Andijon viloyatida,
- 12 nafari Buxoro viloyatida,
- 17 nafari Jizzax viloyatida,
- 12 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 7 nafari Navoiy viloyatida,
- 18 nafari Namangan viloyatida,
- 68 nafari Samarqand viloyatida,
- 14 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 16 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 55 nafari Farg`ona viloyatida,
- 25 nafari Xorazm viloyatida,
- 107 nafari Toshkent viloyatida,
- 242 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
🔹Qoraqalpog`iston Respublikasida 36 nafar,
🔹Andijon viloyatida 70 nafar,
🔹Buxoro viloyatida 10 nafar,
🔹Jizzax viloyatida 22 nafar,
🔹Qashqadaryo viloyatida 14 nafar,
🔹Navoiy viloyatida 12 nafar,
🔹Samarqand viloyatida 80 nafar,
🔹Surxondaryo viloyatida 15 nafar,
🔹Farg`ona viloyatida 65 nafar,
🔹Xorazm viloyatida 26 nafar
🔹Toshkent viloyatida 119 nafar,
🔹Toshkent shahrida 254 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 154374 (+723) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1137 nafarni tashkil qilgani aytilmoqda.