my5
Sevimli

“Chorsu” bozori hojatxonasida saqlangan joy namozlar, kafanlik va diniy kitoblarni o`g`irlamoqchi bo`lgan o`ta xavfli residivistga hukm o`qildi

Jinoyat 09.09.2021, 16:09
“Chorsu” bozori hojatxonasida saqlangan joy namozlar, kafanlik va diniy kitoblarni o`g`irlamoqchi bo`lgan o`ta xavfli residivistga hukm o`qildi

Jinoyat ishlari bo`yicha Shayxontohur tuman sudi sudyasi Akmal Yuldashev raisligida o`ta xavfli residivistga nisbatan jinoyat ishi ko`rib chiqildi.  

Sudlanuvchi – o`ta xavfli residivist soat 18:30 dan 23:00 ga qadar bo`lgan vaqt oralig`ida, yashirincha “Eski Juva” dehqon bozoridagi do`konlardan biri oldida, do`kon egasiga tegishli qiymati 540.000 so`mlik 12 kilogramm turshak, 400.000 so`mlik 20 kilogramm eryong`oq, 200.0000 so`mlik 10 kilogramm chilon jiydasi, 150.000 so`mlik 6 kilogramm kungaboqarli kazinakni yashirin ravishda talon-toroj qilib, voqea joyidan yashirinmoqchi bo`lgan. Biroq IIB xodimlari tomonidan ushlanib, jinoyatni o`ziga bog`liq bo`lmagan holda oxiriga etkaza olmagan.  

Bundan tashqari, sudlanuvchi o`zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, tungi vaqtda uch nafar jinoiy sheriklari bilan oldindan jinoiy til biriktiradi. “Chorsu” bozorida joylashgan xojatxona eshigini buzib, xojatxonaga kirib, ichkarida bo`lgan jami narxi 6.000.000 so`mlik 5 qop bodomni va 1.000.000 so`mlik 4 dona joynamoz, 10 metr material, bir “rulon” sochiqlar, 1 dona paranji, bir dona “Oyatal kursi” yozilgan choyshab va bir dona kafanlikni yashirin ravishda qo`lga kiritib, voqea joyidan yashirinmoqchi bo`lgan vaqtida IIB xodimlari tomonidan ushlangan.  

Sudlanuvchi Jinoyat kodeksi 25, 169-moddasi 4-qismining “b” bandiga asosan aybdor deb topildi va unga nisbatan JK 25, 169-moddasi 4-qismining “b” bandi bilan 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Sudlanuvchi jinoyat ishlari bo`yicha Beruniy tuman sudining 2009 yil 5 iyundagi hukmi bilan JK 34-moddasi 3-qismining “b” bandiga asosan o`ta xavfli residivist deb topilganligi e`tirof etildi.

Hukmdan norozi taraflar hukm e`lon qilingan kundan boshlab yigirma sutka muddat ichida, sudlanuvchi va jabrlanuvchilar esa hukm nusxasini olgandan so`ng shu muddat ichida Toshkent shahar jinoyat ishlari bo`yicha Shayxontohur tuman sudi orqali Toshkent shahar sudiga apellyasiya tartibida protest yoki shikoyat keltirishlari mumkin.

Шарҳлар