AsosiySiyosat

O`zbekiston delegasiyasi Britaniya tashqi ishlar vazirligida muzokaralar o`tkazdi

'O`zbekiston delegasiyasi Britaniya tashqi ishlar vazirligida muzokaralar o`tkazdi'ning rasmi

Oliy Majlis Senati raisining birinchi o`rinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Sodiq Safoev boshchiligidagi O`zbekiston delegasiyasi Londonga tashrifi davomida Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirining Evropa va Amerika ishlari bo`yicha o`rinbosari Vendi Morton hamda Janubiy Osiyo va Buyuk Britaniya Hamdo`stligi ishlari bo`yicha o`rinbosari Tariq Ahmad bilan muzokaralar o`tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Muzokaralar chog`ida ikki tomonlama aloqalar, xususan, parlamentlararo va savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Mintaqaviy xavfsizlik masalalari, jumladan, Afg`onistondagi vaziyat yuzasidan ham fikr almashdi.

Yaqin muloqotni, shu jumladan ikki mamlakat diplomatiya missiyalari yo`nalishida qo`llab-quvvatlash yuzasidan kelishuvga erishildi.

    Boshqa yangiliklar