my5
Sevimli

CCV: Yurtimizga yana bir yangi turdagi vaksina olib kelinadi

Salomatlik 09.09.2021, 19:37
CCV: Yurtimizga yana bir yangi turdagi vaksina olib kelinadi

Yaqin kunlarda yurtimizga 1 200 000 dozadan ortiq Pfizer/BioNTech va 600 000 dozadan ortiq AstraZeneca vaksinalari olib kelinishi kutilmoqda. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi  Matbuot xizmati xabar berdi.

Hozirda yurtimizda  4 turdagi: ZF-UZ-VAC2001, AstraZeneca, “Sputnik V”, Moderna vaksinalaridan emlash jarayonlarida foydalanib kelinmoqda.  

Pfizer/BioNTech vaksinasi o`zbekistonliklar emlanadigan 5-vaksina bo`ladi.

Eslatib o`tamiz, ayni kungacha mamlakatimizda jami  15 978 140 doza vaksinadan foydalanildi. Shu kungacha to`liq emlangan fuqarolar 2 710 887 nafarni tashkil qilmoqda.

Шарҳлар