AsosiySport

OChL–2016. “Lokomotiv” o`z maydonida “Sapahon”ni mag`lubiyatga uchratdi, “Paxtakor” safarda engildi

Osiyo chempionlari ligasi “A” guruhi 4-turida Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi o`z maydonida Eronning “Sepahon” futbolchilariga qarshi bahs olib bordi. Unda toshkentliklar 1:0 hisobida zafar quchdi. 

O`yindagi yagona golga 54-daqiqada Temurxo`ja Abduxoliqov mualliflik qildi. Shu tariqa, “Lokomotiv” ochkolar sonini 8 taga etkazib, guruhda peshqadamga aylandi. 

OChL–2016. “A” guruhi, 4-tur
“Lokomotiv” – “Sepahon” 1:0
Gol: Abduxoliqov (54) 
Ogohlantirishlar: Maharadze (17) – Gaydifar (23), Karami (45)
Chetlatish: Gaydifar (90)
“Lokomotiv”: Nesterov, Maxaradze, Jeparov, Bikmaev (Hasanov, 66), Abduholiqov, Mustafoev, Kapadze, To`xtaxo`jaev, Shoahmedov, Zoteev (Aliboev, 75), Fayziev.
“Sepahon”: Ahmadiy, Karimiy, Navidkia (Manuchexri, 71), Karami, Ibrichich (Xalatbari, 60), Musaev (Sarlak, 65), Padovani, Gafuriy, Pereyra, Gaydifar, Fazeliy.

"S" guruhida ishtirok etayotgan "Paxtakor" jamoasi safarda Eronning "Traktorsozi" klubiga qarshi bahs olib bordi. Unda toshkentliklar 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Mazkur mag`lubiyat "Paxtakor"ning guruhdan chiqish imkoniyatlarini qiyinlashtirib qo`ydi. 

OChL–2016. “S” guruhi, 4-tur
"Traktorsozi" - "Paxtakor" - 2:0
Gollar: Sezar 60, Og`oiy 85
"Traktorsoz": Axboriy, Eronpurion, Xalilzoda, Kardoso, Ashuriy, Sohibiy, Rahmoniy, Avgusto, Xotamiy, Kioniy, Og`aiy
"Paxtakor": Ribkin, Oraxovas, Ismatullaev, Ahmedov, Karimov, Masharipov, Sergeev, Sohibov, Tojiev (c). Hoshimov, Kozak

Boshqa yangiliklar