my5
Sevimli

EXHT Parlament assambleyasi kuzatuvchilari missiyasi O`zbekiston Prezidenti saylovida ishtirok etadi

Siyosat 10.09.2021, 18:53
Теглар: Tanzila Narbaeva
EXHT Parlament assambleyasi kuzatuvchilari missiyasi O`zbekiston Prezidenti saylovida ishtirok etadi

Vena shahrida Parlamentlararo ittifoq Ayol spikerlarning 13-sammitida ishtirok etayotgan Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbaeva boshchiligidagi O`zbekiston parlamenti delegasiyasi Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti Parlament assambleyasi prezidenti Margarita Sederfelt bilan uchrashdi. Bu haqda Oliy Majlisi Senati Axborot xizmati xabar berdi. 

Uchrashuvda O`zbekistonda bo`lib o`tadigan Prezident saylovida Assambleyaning kuzatuvchilari missiyasining ishtiroki hamda EXHT PA prezidentining O`zbekistonga bo`lajak tashrifi bilan bog`liq masalalar muhokama qilindi.

M.Sederfelt Parlament assambleyasi kuzatuvchilari missiyasining shu yil 24 oktyabr kuni O`zbekistonda bo`lib o`tadigan Prezident saylovini kuzatishda ishtirok etishga taklif etilgani uchun minnatdorlik bildirdi. Uning so`zlariga ko`ra, PA delegasiyasi saylovda yuqori darajadagi tarkibda ishtirok etadi va bu Tashkilot doirasida O`zbekistonga “alohida e`tibor berilayotgani”dan dalolat beradi.

M.Sederfelt yaqinda yangi tayinlangan Assambleya vise-prezidenti, Markaziy Osiyo bo`yicha maxsus vakili Pia Kaumning faoliyati doirasida mintaqadagi mamlakatlar, ayniqsa, birinchi navbatda O`zbekiston bilan yaqindan hamkorlik qilishini bildirdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o`rtasida EXHT PA prezidenti Margaret Sederfeltning yaqin vaqt ichida O`zbekistonga tashrifini tashkil etish bo`yicha kelishuvga erishildi.

Шарҳлар

Tanzila Narbaeva: "Qashqadaryoda deputatlar ruxsatisiz 10 mlrd so`mga yaqin mablag` ishlatib yuborilgan"

29.09.2021, 13:42

Tanzila Norbaeva O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o`n to`qqizinchi yalpi majlisida Davlat byudjetining 2021 yil birinchi yarim yillik yakunlari bo`yicha mulohazalarini bildirdi.  – Mahalliy byudjetlarda...
Senat Raisi: "Kadastr xalqqa yaqin, ochiq tashkilot bo`lishi kerak"

27.08.2021, 18:26

Tanzila Narboeva Oliy Majlis Senatining o`n sakkizinchi yalpi majlisida kadastr sohasini tanqid qildi. "Bugun kadastr masalasi ham nihoyatda dolzarb. So`nggi yilarda sohadagi tizimli o`zgarishlarga qaramasdan joylarda...
Tanzila Narbaeva Markaziy Osiyo etakchi ayollari muloqotining navbatdagi majlisida so`zga chiqdi

06.08.2021, 18:59

Oliy Majlis Senati Raisi T. Narbaeva Markaziy Osiyo etakchi ayollari muloqotining navbatdagi majlisida mazkur forum mamlakatlarimizning yutuqlari, gender tenglikni ta`minlash bo`yicha kelgusidagi rejalari haqida axborot...
Tanzila Narbaeva BMTning Markaziy Osiyo bo`yicha vakili bilan uchrashdi

15.07.2021, 17:39

2021 yil 15 iyul kuni Oliy Majlis Senati Raisi T. Narbaeva BMTning Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya bo`yicha mintaqaviy markazi (MOPDMM) rahbari N. German bilan uchrashdi.Ma`lum...