sevimli
Sevimli

O`zbekistonda bo`lib turgan afg`on uchuvchilarini evakuasiya qilish boshlandi

Siyosat 13.09.2021, 18:32
Теглар: Afg`oniston, Tolibon
O`zbekistonda bo`lib turgan afg`on uchuvchilarini evakuasiya qilish boshlandi

“Reuters” agentligi bir oyga yaqin vaqtdan beri O`zbekistondagi lagerda bo`lib turgan afg`on uchuvchilari kecha, 12 sentyabr kuni mamlakatni tark etishni boshlaganini ma`lum qildi.

Agentlik bilan suhbatlashgan uchuvchilardan biri ismini oshkor qilmaslik sharti bilan birinchi guruh dastlab Birlashgan Arab Amirliklariga borishini aytgan. Uchuvchilarni ko`chirish bir necha bosqichda amalga oshirilishi kutilgandi.

AQShning O`zbekistondagi sobiq elchisi Jon Herbst uchuvchilarning evakuasiya qilinishini olqishladi.

“Umid qilaman, uchoqlar Amerikaga qaytadi, uchuvchilar esa hech qachon toliblarga qaytarilmaydi”, degan elchi.

Шарҳлар

2005 yildan buyon Afg`onistonda 28 mingdan ortiq bola halok bo`lgan — BMT

05.01.2022, 20:41

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg`armasi (UNICEF) bolalar o`limi bo`yicha tadqiqot o`tkazdi. Bu haqda "Ariana News" telekanali xabar berdi.  Unga ko`ra, 2005 yildan buyon  Afg`onistonda ro`y...
Islom mamlakatlari Afg`onistonga moddiy yordam ajratmoqchi

20.12.2021, 22:56

Pokiston poytaxti Islomobodda Islom hamkorligi tashkilotiga a`zo 57 mamlakat delegatlari o`rtasida uchrashuv o`tkazildi. Bu haqda DW xabar berdi. Qayd etilishicha, Pokistonda bo`lib o`tgan musulmon mamlakatlari anjumanida...
Tolibon nafaqat afg`onlar, balki butun mintaqa uchun muammo — Muhammad Zohir Agbar

03.12.2021, 13:24

Afg`onistonning Dushanbedagi elchisi Muhammad Zohir Agbarning so`zlariga ko`ra, 3  oy ichida “Tolibon” mamlakatni boshqarishga qodir emasligini isbotladi. Bu haqda "Zamon" yozmoqda.Qayd etilishicha, elchi bu faqat...
O`zbekiston delegasiyasi Qobul shahrida Afg`oniston Muvaqqat hukumati bilan muzokara o`tkazdi

30.11.2021, 22:49

2021 yilning 30 noyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg`oniston bo`yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev boshchiligidagi mamlakatimiz delegasiyasi Kobul shahriga tashrif buyurib, Afg`oniston Muvaqqat hukumati vakillari...