my5
Sevimli

Koronavirusga qarshi emlash pandemiya dinamikasiga qanday ta`sir o`tkazadi?

Jamiyat 14.09.2021, 11:57
Теглар: koronavirus
Koronavirusga qarshi emlash pandemiya dinamikasiga qanday ta`sir o`tkazadi?

 Vaksinasiya zarurligi borasidagi shubhalar — sog`liqni saqlash tizimida azaldan mavjud bo`lgan muammo deb baholanmoqda.

 "Ijtimoy fikr" respublika jamoatchilik fikrini o`rganish markazi tomonidan o`tkazilgan so`rov natijalariga ko`ra, respondentlarning 53,2 foizi emlashga tayyorligini ko`rsatgan, 36,5 foizi emlashdan voz kechgan, 10,3 foizi esa hali bir to`xtamga kelmagan.

Vaksinasiyadan voz kechish pandemiya davrini uzaytirishi mumkin, bu esa og`ir ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarga olib borishi mumkinligi aytilmoqda.

Prognozlash va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) mutaxassislari emlash haqidagi shubhalarning mamlakatdagi epidemiologik vaziyat dinamikasiga ta`sirini baholash maqsadida tadqiqot o`tkazgan. 

Tadqiqot natijalariga ko`ra, aholini ommaviy emlash o`lim darajasini 40% ga, virus tarqalish tezligini esa 0,83 ga kamaytirishi mumkin.

 Tahlilllarga ko`ra, Kermak va MakKendrik tomonidan ishlab chiqilgan SIR klassik epidemiologik modeli olingan. Ushbu model 9 ta differensial tenglamalardan iborat bo`lib, ular vaksinasiya o`tkazish tempining Covid-19 bilan kasallanish va o`lim holatlari, shuningdek, mamlakat iqtisodiga ta`sirini baholash imkonini berishi mumkin.

Vaksinasiya qo`llanmagan holda virusning tarqalish tempi 3,8 (kasallangan har 10 kishi o`rtacha 38 kishiga kasallikni yuqtirgan bo`lar edi) ko`rsatkichini tashkil etgan, pandemiya esa o`tish davrining 110 kunida o`zining uchinchi avj pallasiga etgan bo`lar edi.

 Emlash boshlanganidan beri virus tarqalish tezligi 3,8 dan 2,9 gacha kamaygan. 

Emlashning bu darajasi saqlanib qolganida, joriy yilning noyabr oyi oxirigacha 3,43 million kishi to`liq emlangan bo`lar edi. Aholining emlashga tayyorligi 50% dan 70% gacha oshsa, u holda emlanganlar soni 5,31 million kishini tashkil qilib  o`lim darajasi 6% ga kamaygan bo`lar edi.

Aholining vaksinasiya borasidagi shubhalari pandemiya dinamikasiga sezilarli salbiy ta`sir ko`rsatishi mumkin. Vaksinani tez sur`atlarda joriy etish qisqa vaqt ichida aholida jamoaviy immunitetga ega bo`lish, iqtisodiy faolligimizni oshirish, cheklovchi chora-tadbirlarni qayta joriy etish xavfini kamaytirish imkonini beradi.

Шарҳлар

O`zbekistonda koronavirusga chalinishning kunlik ko`rsatkichi 400 dan oshdi

16.10.2021, 10:18

2021 yil 15 oktyabr holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 180566 (+404) nafarni tashkil etmoqda.Yangi kasallanish holatlarining:3 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,17 nafari Andijon viloyatida,11...
O`zbekistonda koronavirusga chalinish ko`rsatkichi pasaymoqda

14.10.2021, 11:09

O`zbekistonda koronavirusga chalinish ko`rsatkichi pasaymoqda. SSVning xabar berishicha kecha O`zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar soni 350 nafardan kamayib, yana 380 nafarga yaqin kishi kasallikdan to`liq...
Koronavirusdan o`lgan shifokorning oilasiga pul to`lab berilmayotgani SSV nazoratiga olindi

14.10.2021, 10:56

Internet nashrlaridan birida koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish ishlariga jalb etilgan tibbiyot xodimini ijtimoiy va moddiy qo`llab-quvvatlash maqsadida davlat tomonidan ajratilgan maxsus qo`shimcha pul mablag`i o`z...
Oʻzbekistonda 400 nafardan kamroq fuqaro koronavirus bilan kasallandi

13.10.2021, 11:35

Kecha O`zbekistonda 385 nafar kishida koronavirus infeksiyasi qayd etildi, 3 nafar bemor vafot etdi. Bu haqda SSV xabar bermoqda.Qayd etilishicha, 2021 yil 12 oktyabr holatiga...