AsosiyDunyo

AQSh hukumati talabi bilan Apple 70 dan ortiq iPhone’ni buzib kirdi

Apple kompaniyasi Amerika hukumatiga 70 dan ortiq iPhone’ni buzib kirishga ko`maklashdi. Wall Street Journal’ning yozishicha, kompaniyaning Vashington bilan hamkorligi 2008 yilda boshlangan.

O`shanda ilk bor bolaga jinsiy zo`ravonlik qilgan jinoyatchining smartfonini buzib kirish so`ralgan.

Hammasi 2013 yilda Edvard Snouden fosh qilinganidan so`ng o`zgardi. Apple rahbariyati o`sha paytda foydalanuvchilarning himoyasini kuchaytirishga qaror qildi, FBR so`roqlariga ham javob berishni butkul to`xtatdi.

Ushbu barcha tafsilotlar Apple AQShning Adliya vazirligi bilan ishi doirasidagi hujjatlarda mavjud. Kompaniya FBRning terrorchi Said Farukning telefonini buzib kirishga yordam berishdan bosh tortgan. Shundan so`ng maxfiy xizmat agentlari smartfonni mustaqil ravishda buzishga erishishdi va da`voni qaytarib olishdi.

Boshqa yangiliklar