my5
Sevimli

Kecha Apple taqdimotida iPhone 13 namoyish etildi. Boshlanish narxlari ham aniq

Hi-tech 15.09.2021, 06:44
Kecha Apple taqdimotida iPhone 13 namoyish etildi. Boshlanish narxlari ham aniq

14 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da Apple yangi ahsulotlari taqdimoti o`tkazildi. 

Kompaniya bosh direktori Tim Kuk yangi mahsulotlarini ommaga tanishtirdi.

Bu safar ham to`rtta smartfon namoyish etildi — iPhone 13 va iPhone 13 Mini hamda iPhone 13 Pro va iPhone 13 Pro Max.  

iPhone 13, 13 mini:

  •  iPhone 13 besh xil rangdagi korpus va suv o`tkazmaydigan shisha bilan qoplangan. 
  •  Bundan tashqari, iPhone 13’ning quvvati 12’ga qaraganda 2,5 soatga ko`proq ishlaydi. 
  • iPhone 13 799 dollardan, 13 mini esa 699 dollardan boshlab sotuvga chiqariladi.
  •  Qurilma A15 bionic prosessoriga hamda ikkita kameraga ega. 

 

iPhone 13 Pro va Pro Max:

  • iPhone 13 Pro’ning quvvati avvalgi versiyalariga qaraganda 1,5 soat, Pro Max’ning quvvati esa 2,5 soat ko`proqqa etadi.
  • Displey o`lchamlari 6,1 i 6,7 dyuymga ega. 

 

Narxlari:

  • iPhone 13 Pro 999 dollar, Pro Max esa 1099 AQSh dollar;
  • iPhone 13 799 dollardan, 13 mini esa 699 dollardan boshladi.

 

Shuningdek, taqdimotda iPad va Apple Watch’ni ham ko`rsatildi. 

Шарҳлар