sevimli
Sevimli

Senator so`rovi natijasida 8400 nafarga yaqin Uzun tumani aholisi toza ichimlik suvi bilan ta`minlandi

Jamiyat 16.09.2021, 19:47
Теглар: Senat
Senator so`rovi natijasida 8400 nafarga yaqin Uzun tumani aholisi toza ichimlik suvi bilan ta`minlandi

Joriy yilning 29 iyun kuni Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo`mitasi a`zosi Abdug`ani Sanginov Surxondaryo viloyati, Uzun tumanidagi faollar, fuqarolar bilan uchrashuvida aholi toza ichimlik suvi bilan bog`liq muammolar yuzasidan murojaat qilgan edi. 

Mazkur murojaat yuzasidan senator Uzun tumanidagi tegishli tashkilot rahbarlariga senatorlik so`rovlarini yuborgan edi. Natijada tuman bo`yicha 20 ta mahalla fuqarolar yig`ini hududidagi suv quduqlarida yaroqsiz ahvolga kelib qolgan suv nasoslarini yangisiga almashtirish rejalashtirilgan edi.

Senator so`rovnomasiga asosan shu yilning avgust-sentyabr oylarida tumanning “Obizarang” hamda  “Do`stlik” mahalla fuqarolar yig`inidagi “Duoba” va “Karer” qishloqlarida jami 3 dona suv nasoslari yangisi bilan almashtirilib, aholi toza ichimlik suvi bilan ta`minlandi.

Natijada ushbu mahallalardagi 8 342 nafar aholining toza ichimlik suvi bilan bog`liq muammosi hal etildi. Bu kabi ishlar tuman bo`ylab davom etirilmoqda.

Шарҳлар

Endi Senat faoliyatini yangi binoda davom ettiradi

20.12.2021, 07:59

Oliy Majlis Senati matbuot kotibi bu haqda xabar berdi.Qayd etilishicha, xodimlar ikki kun davomida yangi binoga to`liq ko`chib o`tishdi. O`zlariga kerak bo`ladigan barcha anjomlarni keltirib,...
O`zbekistonda hokimiyat vakiliga qarshilik ko`rsatganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda

01.10.2021, 18:05

Senatning o`n to`qqinzinchi yalpi majlisida “O`zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksiga o`zgartishlar kiritish haqida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni muhokama markazida bo`ldi.Ta`kidlanishicha,...
Bugun Senatning o`n to`qqizinchi yalpi majlisi o`z ishini boshlaydi

29.09.2021, 09:02

Bugun 29 sentyabr kuni soat 10:00 da O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o`n to`qqizinchi yalpi majlisi Toshkent shahrida Senatning majlislar zalida o`z ishini boshlaydi.  Yalpi...
O`zbekistonlik va qirg`izistonlik tadbirkor ayollar uchrashuvi bo`lib o`tdi

23.09.2021, 18:19

O`zbekiston va Qirg`iziston tadbirkor ayollari o`rtasida “B2B” uchrashuvlari bo`lib o`tdi.Muzokaralar yakunida tomonlar o`rtasida umumiy qiymati 13,2 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 15 ga yaqin shartnoma...