my5
Sevimli

“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to`g`risida”gi Prezident qarori qabul qilindi

Siyosat 16.09.2021, 20:19
“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to`g`risida”gi Prezident qarori qabul qilindi

Qaror bilan 2021 yil 28 may kuni Minsk shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi ishtirokchi-davlatlarining Hukumat rahbarlari kengashi yig`ilishida imzolangan Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi ishtirokchi-davlatlarining aholisi bandligiga ko`maklashish sohasida hamkorlik to`g`risidagi Bitim tasdiqlandi.  

 Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan mas`ul vakolatli organ etib belgilandi.  

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin O`zbekistonning majburiyatlari bajarilishini ta`minlaydi.

Шарҳлар