AsosiyJinoyat

Qo`shnisinikidan 2 ming dollar o`g`irlagan surxondaryolik ayol qo`lga olindi

'Qo`shnisinikidan 2 ming dollar o`g`irlagan surxondaryolik ayol qo`lga olindi'ning rasmi

Uzun tumanida 2021 yil 8 sentyabr kuni hisobga olingan, tumanning «Guliston» mahallasida yashovchi, Yu.Ziyodaning yashash uyida 2021 yilning 6 sentyabr kunidan 7 sentyabr kuniga o`tar kechasi noma`lum shaxs tomonidan 2000 (ikki ming) AQSh dollari o`g`irlab ketilganligini ma`lum qilgan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko`rilgan choralar natijasida, ushbu jinoyatni tumanning «Guliston» mahallasida yashovchi, Q.Dildora sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan.  

Ushbu holat yuzasidan 2021 yil 8 sentyabr kuni Uzun tuman IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan Q.Dildoraga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar