AsosiyJinoyat

Noqonuniy shar`iy nikoh o`qigan ayol va uch erkak jazolandi

'Noqonuniy shar`iy nikoh o`qigan ayol va uch erkak jazolandi'ning rasmi

Jinoyat ishlari bo`yicha Qamashi tuman sudi tomonidan ochiq sayyor sud o`tkazildi. Unda tumanda shar`iy nikohni belgilangan tartiblarga zid ravishda o`qigan fuqarolar ishi ko`rib chiqildi.

Ma`lum qilinishicha, fuqarolarga noqonuniy shar`iy nikoh o`qiganlar orasida ayol kishi ham bor. Ayol I.N. Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining tegishli moddasi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobarida jarimaga tortilgan. Yana bir fuqaro K.Q.ga (erkak) 15 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Shuningdek, shar`iy nikohni belgilangan tartiblarga zid ravishda o`qigan yana ikki nafar erkak — M.M va X.T.ga bazaviy hisoblash miqdorining 20 barobarida jarima jazosi tayinlangan.

    Boshqa yangiliklar