AsosiyJamiyat

20 sentyabrdan prezidentlikka nomzodlar saylovoldi tashviqotlarini boshlashadi

'20 sentyabrdan prezidentlikka nomzodlar saylovoldi tashviqotlarini boshlashadi'ning rasmi

Bugun Markaziy saylov komissiyasi matbuot markazida ma`sullar va OAV vakillari ishtirokida  navbatdagi yig`ilish o`tkazildi. Majlisni Markaziy saylov komissiyasi rais o`rinbosari Bahrom Qo`chqorov olib bordi.

Yig`ilishda ishtirok etgan darakchi.uz muxbirining ma`lum qilishicha,   majlis kun tartibidan O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning saylovoldi tashviqoti, saylovda xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlardan qatnashadigan kuzatuvchilarni akkreditasiya qilish, mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditasiyadan o`tkazish masalalari joy olgan.

" - Saylovoldi tashviqoti nomzodlarni ro`yxatga olish uchun belgilangan oxirgi kunning ertasidan e`tiboran boshlanadi. Saylov kuni va ovoz berishga bir kun qolganida tashviqotga yo`l qo`yilmaydi. Bu qoidaga asosan 23-24 oktyabr kunlari saylovoldi tashviqotiga yo`l qo`yilmaydi", -  dedi Markaziy saylov komissiyasining kotibi Xudoyor Mamatov.

Ta`kidlanganidek, tashviqotni saylovchilarga bepul yoki imtiyozli shartlarda tovarlar berish, xizmatlar ko`rsatish (axborot xizmatlaridan tashqari), shuningdek pul mablag`lari to`lash bilan qo`shib olib borish taqiqlanadi. Noto`g`ri axborotni, shuningdek nomzodlarning sha`ni va qadr-qimmatiga putur etkazadigan ma`lumotlarni tarqatish mumkin emas.

    Boshqa yangiliklar