my5
Sevimli

Sirdaryolik ayol zargarlik do`konidagi taqinchoqlarni o`marib ketdi

Jinoyat 18.09.2021, 18:00
Sirdaryolik ayol zargarlik do`konidagi taqinchoqlarni o`marib ketdi

Boyovut tumanidagi do`kondan 133 million so`mlik zargarlik buyumlarini o`g`irlagan shaxs qo`lga olindi. Bu haqda “Postda” muxbiri xabar bergan.

Tuman ichki ishlar bo`limiga Boyovut shaharchasi, Madaniyat mahallasidan R. ismli shaxs o`ziga tegishli do`kondan zargarlik buyumlari o`g`irlab ketilgani to`g`risida murojaat qilgach, voqea joyiga zudlik bilan tezkor guruh etib bordi.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida ushbu jinoyatni X. ismli ayol sodir etganligi aniqlandi. Ma`lum bo`lishicha, u o`g`irlikdan bir kun oldin do`kon qulfini buzib, o`zi bilan olib borgan qulfni o`rnatib ketgan. Ertasi kuni esa hech kim yo`qligidan foydalanib, do`kondagi qimmatbaho taqinchoqlarni o`g`irlab ketgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Шарҳлар