my5
Sevimli

Farg`onada fuqaroning mashinasini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritgan shaxs qo`lga olindi

Jinoyat 19.09.2021, 10:50
Farg`onada fuqaroning mashinasini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritgan shaxs qo`lga olindi

14 sentyabr kuni A.Sh. IIBga murojaat qilib mashinasini sotib olgan shaxs pulini bermaganini ma`lum qildi.

Unga ko`ra, 2021 yilning fevral oyida noma`lum shaxs ishonchiga kirib, sotmoqchi bo`lgan «VAZ-2101» rusumli avtomashinasini 12.000.000 so`mga sotib olishga kelishib, pulini o`n kun muddatda berishini aytib, avtomashinani olib ketib, bergan va`dasini bajarmasdan avtomashinani boshqa shaxsga sotib yuborib, pulini o`z ehtiyojlariga uchun sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Buvayda tumani IIB huzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni J.Sh sodir etganligi aniqlanib, prosessual tartibda ushlangan.

Yuqorida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Шарҳлар