my5
Sevimli

Farg`onada "gashish" saqlagan shaxs qo`lga tushdi

Jinoyat 19.09.2021, 14:40
Теглар: gashish
Farg`onada "gashish" saqlagan shaxs qo`lga tushdi

Farg`onada "gashish" saqlagan shaxs qo`lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi

Unga ko`ra, 15 centyabr kuni shahar IIO FMB JQB xodimlari tomonidan, A.Qodiriy ko`chasida joylashgan avtomashinalarni yuvish shoxobchasida X.X.ni yoni xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganda, "gashish" giyohvandlik moddasini saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Holat yuzasidan Farg`ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilayotgani aytilmoqda.

 "Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste`mol qilish sog`lig`ingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab bo`lishini esdan chiqarmang.

Eslatib o`tamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin" , deyiladi  IIV xabarida.

Шарҳлар

Jalaquduq dehqon bozorida o`zini shubhali tutgan shaxs “gashish” bilan qo`lga tushdi

13.07.2021, 18:37

2021 yil 11 iyul kuni soat 10:30 lar chamasida Jalaquduq tumani markazida joylashgan Dehqon bozorda xizmat olib borayotgan xodimlar tomonidan o`zini shubhali tutgan “Guliston” MFY,...