Ozarbayjonning Hajigabul shahrida 17 sentyabr kuni UzAuto Motors va SamAvto zavodi ishlab chiqarish liniyasining tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tdi. UzAuto Motors axborot xizmatining ma`lum qilishicha, General Motors bilan o`zaro kelishuvga erishilgach, UzAvto Motors Chevrolet avtomobillarini Ozarbayjonda sotishni boshlashi haqida e`lon qildi.
Ozarbayjon tarafdan ishlab chiqarish bo`yicha hamkor sifatida Boku shahri yaqinida joylashgan Hajigabul sanoat kvartali tarkibiga kiruvchi «Azermash SR» ishtirok etdi. Tomonlar o`rtasida 2021 yil 21 iyulda imzolangan kelishuv sharofati bilan loyihani amalga oshirish uchun imkoniyat yaratildi. 2021 yilning aprel oyida Hajigabul sanoat kvartalining ochilish marosimida Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliev loyihaga start beruvchi ramziy tugmani bosdi.
«Azermash SR» zavodida ishlab chiqarish liniyasining tantanali ishga tushirilishida O`zbekiston bosh vaziri moliya-iqtisodiyot va kambag`allikni qisqartirish masalalari bo`yicha o`rinbosari Jamshid Qo`chqorov onlayn tarzda tantanali nutq so`zladi. O`zbekiston delegasiyasiga «O`zavtosanoat» boshqaruvi raisi Shavkat Umrzoqov boshchilik qildi. Ozarbayjon tarafdan tadbirda mamlakatning iqtisodiyot vaziri Mikoyil Jabborov ishtirok etdi.
Kompaniya xabarida aytilishicha, hamkorlikning dastlabki bosqichida «Azermash SR»ning ishlab chiqarish quvvatlari 5000 donagacha, SamAvto avtobuslarini esa yiliga 1000 donagacha miqdorda ishlab chiqarish va sotish rejalashtirilgan.
UzAvto Motorsning Ozarbayjondagi rasmiy distribyutori «Azermash SR»ga ko`ra, mazkur modellardagi narx, funsionallik va sifatning manfaatli va uyg`un nisbati ularning o`ziga xos raqobatbardosh afzalligi bo`la oladi.