my5
Sevimli

Eron ShHTga doimiy a`zo mamlakatlar qatoriga qo`shildi

Dunyo 20.09.2021, 08:33
Eron ShHTga doimiy a`zo mamlakatlar qatoriga qo`shildi

Shanhay hamkorlik tashkilotiga a`zo mamlakatlar Eronning tashkilotga doimiy a`zo sifatida qabul qilinishi to`g`risidagi hujjatni ma`qulladi. Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri Amir Abdullaxiyon ma`lum qildi, deb xabar berdi RIA Novosti.

Juma kuni ShHTning Dushanbedagi sammitida Eronni tashkilotga qabul qilish jarayoni boshlandi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Eronning ShHTga qabul qilinishini qo`llab-quvvatladi.

Bungacha Eron ShHTda kuzatuvchi davlat maqomida edi.

ShHTga 2001 yilda Xitoy, Rossiya, O`zbekiston, Qozog`iston, Qirg`iziston va Tojikiston rahbarlari tomonidan asos solingan. Afg`oniston, Belarus va Mongoliya ShHTda kuzatuvchi, Ozarboyjon, Armaniston, Kamboja, Nepal, Turkiya va Shri-Lanka hamkor davlat maqomiga ega.

Шарҳлар