2021 yilning yanvar-avgust oylarida respublikamizga kelib tushgan xalqaro transchegaraviy pul o`tkazmalari hajmi qariyb 4,9 mlrd AQSh dollarini tashkil etgan.
Markaziy bank matbuot xizmati ma`lumotlariga ko`ra, joriy yilning 8 oyi davomida amalga oshirilgan transchegaraviy pul o`tkazmalari hajmi 2020 yilning mos davriga (3,6 mlrd. AQSh dollari) nisbatan 35 foizga, 2019 yilning mos davriga (3,9 mlrd. AQSh dollari) nisbatan esa 26 foizga o`sgan.