my5
Sevimli

Toshkentdagi tungi klubda pichoqlashish sodir bo`ldi

Jinoyat 20.09.2021, 12:06
Теглар: pichoqlashish, tungi klub
Toshkentdagi tungi klubda pichoqlashish sodir bo`ldi

Toshkentdagi tungi klubda pichoqlashish sodir bo`ldi. Bu haqda Xamidjon ShAMShIEV, Toshkent shahar sudining sudyasi xabar berdi.

O`sha kuni ham ularning har biri o`zlariga o`xshagan 4-5 nafar tanishlari bilan tungi soat 3:00 larda savdo majmuasiga borishadi. Sobir do`stlari bi­lan binoning 3-qavatida joylashgan tungi klubga chiqadi. U erda o`zlaricha “hayot gashtini” surishadi: o`yin-kulgi qilishadi, spirtli ichimlik ichishadi. Tun ham o`tib, tong ota boshlagach, soat 5.30 larda hartugul ketish taraddudiga tushishadi. Egan-ichganlarining esa pulini tulashni “unutishadi”. Ammo ularni bino oldida qo`riqchilar to`xtatishadi. Ular pul to`lashlarini talab qilishar ekan, shirakayf yigitlarning ko`zi klubdan chiqib kelayotgan ikki qizga tushadi. Ularni ko`rib, to`lashi kerak bo`lgan pullarniyam “unutib” qizlarga gap ota boshlashadi. Ularni kurakda turmaydigan so`zlar bilan “siylashadi”. Bu ham etmaganday, tegajoqlik qila boshlashadi. Albatta, ularning beozoriliklariyu haqoratlariga qizlar ham jim turishmagach, yigitlarning “sherligi” tutadi.
 Shu kuni Sardorbek ham soat 19:00 larda tanishlari bilan savdo majmuasi binosining 2-qavatida joylashgan restoranga borib, u erda 02:30 larga o`tirishadi. Spirtli ichimlik ichib, keyin o`tirishni davom ettirish uchun shu binoning yuqori qavatida joylashgan tungi klubga chiqishadi. U erda shu klubda tanishgan bir nechta tanishlari bi­lan o`tirib, spirtli ichimlik ichishni davom ettirishadi. Klub binosidan tanishlari bilan birga chiqib, bino oldida begona yigitlarning qizlar bilan janjallashayotganining ustidan chiqib qolishadi. Barchasi mast holatda bo`lgan ikki guruh yigitlarining to`qnashuvi taxmin qilinganidek fojiaga sabab bo`lishi barchaga ayon. Shunday bo`ldi ham.
Ichkilik shisha ichida jimgina turadi, insonning oshqozoniga tushgach esa uning o`zi “shayton”ga aylanib, egasini “sher”ga aylantiradi.
Sardorbek va uning do`stlari ham klub qo`riqchilari bilan bahslashib turgan yigitlarning oldiga borib, ularning tortishuviga aralashishadi. Bu ham etmagandek, qizlarning yonini olib, ularning “himoyachisi”ga aylanib, og`izlaridan “bodi kirib, shodi chiqishi” bilan “sherlar jangi” boshlanadi...
Sardorbek Sobir va yana bir yigit bilan talashib-tortishib, ularga shikast etkazadi.
Sobir urish-janjalni to`xtatmoqchi, bezorilik harakatlarining oldini olmoqchi bo`lgan Sardorbekning tanishlariga qarshilik ko`rsatadi. Ularni qasddan o`ldirish maqsadida yonida bo`lgan oshxona pichog`idan jinoyat quroli sifatida foydalanib, ushbu pichoq bilan ikki yigitning qorin qismi, ulardan birining o`ng qo`l elka sohasiga bir marotaba, yana bir yigitning ko`krak qafasi orqa yuzasiga ikki ma­rotaba urib, og`ir tan jarohati etka­zadi.
Shuningdek, Sobirning qotillik harakatlari bu bilan tugamaydi. U qarshi guruh yigitlarini qasddan o`ldirish harakatida pichoq bilan hamla qilayotgan paytida, orqa tomondan yugurib kelib, janjalga aralashgan o`zining do`stini ham Sardorbekning tanishlaridan deb o`ylab, qorniga pichoq uradi va og`ir tan jarohati etkazadi...
Pichoqlanganlarning ikki nafari o`z vaqtida shifoxonaga olib boriladi va tibbiy yordam ko`rsatiladi. Ammo ming afsuski, olingan tan jarohatlari natijasida qolgan ikki kishi vafot etadi: biri voqea joyida, ikkinchisi esa shifoxonada jon beradi.
Sudda yigitlardan birining qonuniy vakili apellyasiya shikoyatida, marhum uning yagona farzandi bo`lgani, oyiga o`rtacha 2-3 million miqdorida pul mablag`i olib kelib turganini aytib, sudlanuvchi Sobirga umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlab, etkazilgan moddiy va ma`naviy zararni undirishni belgilashni so`ragan.
Sobir 22 yilga, Sardorbek esa 5 yilga ozodlik­dan mahrum bo`ldi.

Шарҳлар